Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessans avlodining shakllanishida ayol va qizlarning salomatligini muhofaza qilish

O‘zbekiston Milliy universiteti Xotin-qizlar masalalari maslahat kengashi tomonidan “Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessans avlodining shakllanishida ayol va qizlarning salomatligini muhofaza qilish” va “Ko‘krak saratoni va saraton kasaligini prafilaktikasi” mavzusida davra suhbati bo`lib o`tdi. UndaO‘zMU Xotin-qizlar masalalari maslahat kengashi raisi v.b. dotsent Ra’noxon Rustamova, t.f.d. professor, onkolog, mamolog, jarroh Dilobor Mirahimova, oliy toifali doktor, kardiolog Fotima Mirxaydarova, Ijtimoiy fanlar fakulteti professori Saidaxon Agzamhadjaeva, fakultetlar XQK raislari va ayol professor-o‘qituvchilar, xodimalar, doktarantlar, magistrlar va talaba-qizlarlar ishtrok etishdi.

Davra suhbati davomida t.f.d. professor, onkolog, mamolog, jarroh Dilobor Mirahimova hozirgi kunda xotin-qizlar  orasida avj olib borayotgan saraton kasalliklarining kelib chiqish sabablari va uni oldini olish haqidagi ma’lumotlarni 35 yillik tibbiyot sohasidagi tajribasi davomidagi tafsilotlarini yig‘ilish qatnashchilari bilan o‘rtoqlashdi.

  • Tibbiy madaniyatimiz yuksalmas ekan, insonlar dunyo tashvishlaridan  o‘z salomatligini ustun bilmas ekanlar, onkologik kasalliklarning ko‘payishi tufayli qanchadan-qancha oilalarning xalovati buzilib, yosh onalarning o‘limi  dillarni xufton qilibgina qolmay, begunoh go‘daklarning yetim bo‘lib qolayotgani ayanchli holatdir, deb ta’kidladi jarroh Dilobor Mirahimova.

Ushbu davra suhbati bo‘lg‘usi onalar — talaba-qizlarimizni ogohlikka chaqiribgina qolmay, balki yaqin insonlariga ushbu dolzarb mavzu yuzasidan targ‘ibot ishlarini davom ettirish qanchalar xayrli va savob amal ekanligi aytib o‘tildi. Tadbir ishtrokchilarini barcha savollariga tegishli mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berildi.

Tadbir yakunida ishtrokchilarga “Ko‘krak bezi saratoni prafilaktikasi” ga oid bukletlar va eslatmalar tarqatildi, so‘ngra onkolog shifokorlar ko‘ngili xohlovchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib  va kerakli maslahatlar berishdi.

Unutmang! Sog‘lom turmush tarzi, bu — har qanday kasalliklar   profilaktikasi va salomatlik, kuch-quvvat garovidir. U insonning turli qirralarini rivojlantirish, muvaffaqiyatga erishish garovidir. Sog‘lom turmush tarzi qoidalariga rioya etgan inson oilasi, mehnat jamoasi, umuman, jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘ladi, turli murakkab vaziyatlarni yengib o‘tish, hayot qiyinchiliklari oldida o‘zini yo‘qotmaslikka o‘rganadi.

O`zMU Axborot xizmati