Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

“Orol dengizi havzasida – tuproq, iqlim, bioxilmaxillik: dolzarb muammolar va innovatsion yechimlar ” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

Konferensiya 2021 yil 1-2 dekabr kunlari “City Palace” mehmonxonasida o‘tkazildi. 

Tashkilotchilar: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘zbekiston Ekologik xarakati, Markaziy Osiyo mintaqaviy Ekologik markazi,  Markaziy Osiyo sho'rlangan yerlarda biodexkonchilik xalkaro markazi, Vladimir Davlat Universiteti.

Xalqaro va respublikamizdan 120 ishtirokchilar onlayn va  offlayn  qatnashdilar – Hukumatlar a’zolari, Oliy ta’lim va ilmiy- tadqiqot olimlari va talabalari, fermer va agrar soha mutaxassislari, OAV vakillari.

24 ta ma’ruzachilar Orol dengizi xavzasida iqlim o‘zgarishi va hudud cho‘llanishi sharoitida tuproq unumdorligi, bioxilmaxillik, agroinnovatsiyalar oid ma’ruzalari bilan qatnashdilar - Oliy Majlis Senatining Agrar va suv xo‘jaligi
masalalari, ekologiya qo‘mitasi raisi  B.Tojiev, Xalqaro tuproqshunoslar jamiyatining prezidenti D-r Laura Berta Sanches, Sho‘rlangan yerlarda biodehqonchilik xalqaro markazi Bosh direktori D-r Tarifa Al Zaabi, Vladimir davlat universiteti kafedra mudiri M.Mazirov, Markaziy Osiyo mintaqaviy Ekologik markazi rahbari Sh.Umarova, BMT TD-GEF va O‘zbekiston xukumati hamkorlikdagi loyiha G.Kudaybergenova, Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti direktori Sh.Bobomurodov.

“Iqlim o‘zgarishi sharoitida Orol dengizining ijtimoiy-ekologik muammolarini yechimi” O‘zbekiston Respublikasi Senati qo‘mita raisi B.Alixanov hamda “Iqlim o‘zgarishi sharoitida degradatsiyaga uchragan tuproqlarni tiklash va unumdorligini oshirish uchun innovatsion texnologiyalar va yangicha yondashuvlar” O‘zbekiston Milliy universiteti professori, AgroEkoBiotexnologiya markazi rahbari L.Gafurova konseptual ma’ruzalari konferensiya ishtirokchilarida katta qiziqish bildirildi.

Tadbir doirasida yosh olimlarning “Eng yaxshi ilmiy ishi” tanlovi g‘oliblari taqdirlandilar.

O’zMU Axborot xizmati