Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Yilning ilk musobaqasi “Fujairah Open 2022” muvaffaqiyatli yakunlandi

2022-yilning 5-6 fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida taekvondoning olimpiya oilasiga mansub WT yo’nalishi bo’yicha nufuzli turnir bo’lib o’tdi. Butunjahon taekvondo WT taqvimida 2 ta reyting turniri bo’lib, unda Olimpiada ochkolari o’ynaladi. Ushbu turnirlarda Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Taekvondo va sport faoliyati fakulteti talabalari Ulug’bek Rashitov, Jasurbek Jaysunov va Svetlana Osipovalar ishtirok etmoqda. Turnirlarning dastlabkisi "Fujairah Open-2022" musobaqasi hisoblanadi.
Quvonarlisi, mazkur turnirda chempion talabalarimiz Ulug’bek Rashitov, Jasurbek Jaysunov va Svetlana Osipovalar oltin medallarni qo’lga kiritdi.
O’zbekiston terma jamoasida umumiy hisobda kuchli tarkib bilan jo’nab ketgan sportchilarimiz 4ta oltin, 1ta kumush, 2ta bronza medalini qo’lga kiritishdi.
Universitet rahbariyati va jamoasi nomidan talabalarimizning ushbu g’alabalari bilan samimiy tabriklaymiz. Kelgusi kasbiy faoliyatlarida ulkan zafarlar va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

O’zMU Axborot xizmati