Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Zagreb universiteti

O‘zbekiston Milliy universitetida Xorvatiyadan Zagreb universiteti vakillari.

2023-yil sentabr oyida Xorvatiyaning Zagreb universiteti dekani janob Jukich Ante va universitet professori Vidovich Elvira xonimlar ikki universitet o‘rtasida o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdilar.

Uchrashuvda O‘zbekiston Milliy universiteti xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Raima Shirinova mehmonlarga universitet haqida to‘liq ma’lumot berdi, dekan janob Jukich Ante ham Zagreb universitetida o‘z professor-o‘qituvchilari haqida ma’lumot berdi.

Bundan tashqari, universitetlar professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida akademik mobillik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha takliflar bildirildi. Zagreb universiteti dekani janob Jukich Ante O‘zbekiston Milliy universiteti professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda Scopus va Web of Science jurnallarida maqolalar chop etish taklifini bildirdi.