Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR — ADOLATLI SHOH VA BUYUK SHOIR

Ma’lumki, ayni kunlarda yurtimizda buyuk davlat arbobi, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi keng nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligiga bag‘ishlab tadbir o`tkazildi.
Tadbirda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mutaxassislari, vazirlik huzuridagi "Ma’naviyat va ma’rifat" markazi xodimlari, Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti professor ustozlari hamda talaba-yoshlari ishtirok etishdi.
Tadbirni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jamoldinova Odinaxon ochib berdi.
Tadbirda ta’kidlanganidek, Zahiriddin Muhammad Bobur axloq – odob mavzusiga e’tiborni qaratdi. Yaxshilikni ulug‘ladi, xalq manfaatlarini o‘yladi. Inson qadr -qimmatini yuqori tutdi. Odamlarni kamtarin, ko‘rkam fazilatlar egasi bo‘lishga da’vat etdi. YOshlarga milliy-tarbiyani targ‘ib qilib, ma’naviyatli va ma’rifatli bo‘lishga chorladi.
Tadbirda O‘zMU dotsenti, fan nomzodi Jasur Rahmanov ham ishtirok etib, Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodiga oid ma’lumotlarni yig‘ilganlar e’tiboriga havola qildi. O‘zbekiston Milliy universiteti “O‘zbek adabiyotshunosligi” kafedrasi katta o‘qituvchisi, filologiya fanlari bo‘yicha fan doktori Jo‘rayeva Sobira va Toshkent Davlat sharqshunoslik universiteti professori Adhambek Alimbekovlar ham tadbirda Zahiriddin Muhammad Bobur faoliyatiga oid ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.
Bunday tadbirlarning tashkil qilinishi Zahiriddin Muhammad Bobur ijodini o‘rganish orqali talaba-yoshlarning ma’naviy dunyosining boyishiga  xizmat qiladi.

O`zMU Axborot xizmati