Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Zahiriddin Muhammad Bobur ijodining jahon madaniyatida tutgan o‘rni

Ulug‘ shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligiga bag‘ishlab Andijon shahrida “Zahiriddin Muhammad Bobur ijodining jahon  madaniyatida tutgan o‘rni” mavzuida xalqaro simpozium o‘tkazildi.
Unda AQSH, Shvetsiya, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Afg‘onistondagi boburshunos olimlar bilan bir qatorda, O‘zMU Jurnalistika fakulteti professori Hamidulla Boltaboyev, “O‘zbek adabiyotshunosligi” kafedrasi katta o‘qituvchisi f.f.f.d. Dilrabo Qozoqboyeva, kafedra katta o‘qituvchisi, Respublika ma’naviyat markazi rahbari Minhojiddin Xojimatov ishtirok etdilar. Xalqaro simpoziumda 28 ta ilmiy ma’ruza tinglandi. Professor Hamidulla Boltaboyevning “Bobur ensiklopediyasi”ning uchinchi nashrini amalga oshirish tamoyillari” mavzuidagi ma’ruzasi simpozium ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.

O`zMU Axborot xizmati