O’zbekiston-Rossiya mintaqalararo rektorlar konferensiyasi
Oldin xabar berganimizdek, Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari rektorlarining 4-mintaqalararo konferensiyasi Sankt Peterburg shahrida bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir doirasida bir qancha oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamorlik hujjatlari imzolandi.
O‘zbekiston Milliy universiteti Sankt Peterburg davlat aerokosmik asboblar injinerligi instituti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi. Aytish joizki, O‘zMU va Sankt Peterburg Oliy Iqtisod Maktabi bilan uzoq yillardan buyon hamkorlik olib borilmoqda. Ayniqsa, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, xalqaro konferensiyalarda hamkorliklar shular jumlasidan.
Bugun esa mazkur oliygoh bilan ilmiy o‘quv laboratoriya tashkil qilish borasida hujjat imzolandi.