Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Etilen asosida siklogeksan sintezi texnologiyasini ishlab chiqish.

Loyixa rahbar: Mirxamitova Dilorom Xudoyberdiyevna

Bajarilish muddati: 01.01.2020-31.12.2022

Loyiha shifri: АЗ-ФЗ-2019081452

Loyiha turi: Amaliy

Kutilayotgan natijalar va ularning ahamiyati: Respublikamiizda tabiiy gaz komponentlarini qayta ishlash orqali zaruriy maxsulotlar olish rivojlangan yo‘nalishlardan hisoblanadi. “Sho‘rtangaz kimyo majmuasi” va “Ustyurt gaz kimyo majmuasi” uglevodorodlar pirolizi orqali olefinlar va ulardan mos ravishdagi polimerlar olishga yo‘naltirilgan gigant korxonalardan hisoblanadi. “Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi” tabiiy gazdan etannni ajratish, termik piroliz asosida etilen olish va suspenziyada polimerlash orqali polietilen olishga mo‘ljallangan yirik sanoat korxonasi hisoblanadi. Etilendan polietilen olish jarayonida erituvchi sifatida tsiklogeksan katta miqdorda ishlatiladi. Uning asosiy qismi qayta tozalanib jarayonga qaytariladi. Lekin texnologik jarayonda tsiklogeksan sarfini to‘ldirib turish uchun yiliga 2 ming tonna maxsulot import hisobiga sotib olinadi. Uning tannarxi tonnasiga 1600 AQSh valyutasiga to‘g‘ri keladi.
Sanoat maxsulotlari asosida tsiklogeksan sintez qilish ishlab chiqarishni unga bo‘lgan talabini qondirish dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
Loyiha bajarilishidan maqsad etilendan termokatalitik usulda tsiklogeksan olish texnologiyasini ishlab chiqish va mahsulotni etilendan polietilen olish jarayonida erituvchi sifatida qo‘llashdan iborat.
Hisobot davrida (loyiha yakunida) qo’lga kiritilgan muhim natijalar: O’tgan 2,5 yil davomida

  1. Katalizator o‘zagiga turli xil faol komponentlarni yuttirish orqali geterogen katalizatorlar tayyorlandi va ularni etilendan tsiklogeksan sintezi jarayonidagi katalitik faolligi aniqlandi.
  2. Etilendan tsiklogeksan sintezi jarayonlarda hosil bo‘lgan katalizatninig sifat va miqdoriy tarkiblarini aniqlandi, spektral analizlar o‘tkazildi va tahlil qilindi. Olingan natijalar asosida xorijiy jurnalga maqola nashrga topshirildi.
  3. Etilendan tsiklogeksan sintezi jarayonida turli omillar tasiri o‘rganildi. Jumladan Mahsulot unumiga katalizator tabiati, harorat, etilenni berilish tezligi ta’sirlarini aniqlandi.
  4. Turli bentonit katalizatorlari asosida etilendan tsiklogeksan sintezi uchun maqbul sharoitlar aniqlandi. Tadqiqot natijalari asosida ilmiy ishlar chop qilindi, konferentsiyalarda ishtirok etildi.
  5. Etilendan tsiklogeksan olish jarayonlarining texnologik parametrlari aniqlandi. Tsiklogeksan sintezi jarayoni matematik modellashtirildi va olingan natijalar matematik qayta ishlandi.
  6. Etilendan tsiklogeksan olish jarayonlarining texnologiyasi ishlab chiqildi.
    • Patent
    • Kim Sergey Nikolaevich. IAP 06672. Elektrofiltrning tozalash usuli . O‘zbekiston Respublikasi foydali modellar davlat reestrida 30.12.2021

Loyiha doirasida chop etilgan WoS va Scopus bazasidagi xalqaro ilmiy ishlar