Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

O‘zMU huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti 2025-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga 01.04.10 – Yarimo‘tkazgichlar fizikasi ixtisosligi bo‘yicha doktorantura (DSc), tayanch-doktorantura (PhD) va stajyor-taqdiqotchilikga tanlov asosida qabul e’lon qiladi.

Talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

  • ariza;
  • qisqacha biografik ma’lumotnoma;
  • B1 darajadagi xorijiy til sertifikati;
  • mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
  • Oliy ta’lim muassasasi magistratura diplomi nusxasi;
  • 4 shakldagi ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek, ularning nusxalari (kamida 2 ta tezis va tanlangan mavzu bo‘yicha OAK e’tirof etgan jurnalda 1 ta ilmiy maqola);
  • Oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʻlganligi toʻgʻrisidagi diplom nusxasi (doktorantura uchun).
  • Tadqiqot mavzusi boʻyicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining batafsil loyihasi (doktorantura uchun).
  • pasport nusxasi;
  • ilmiy rahbarning rozilik xati.

Hujjatlar https://daraja.ilmiy.uz orqali joriy yilning 15-sentabridan 15-oktabriga qadar qabul qilinadi.

Ma’lumot o`rnida, tasdiqlangan kvota bo‘yicha ajratilgan o’rinlarga mutaxassislik fanlaridan kirish imtihonlari va suhbat bo‘lib o`tadi.

Murojaat uchun: +998 99 882 31 57, info@ispm.uz