Xoliqov Tursunali Suyunovich-Kafedra mudiri
100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy
Dushanba-Juma, 14:00 – 17:00
+998 99 890-72-44
tursunali72@mail.ru
Kafedra tashkil etilgan sana: 1921 yil.
Kafedra mudirlari. prof. Naumov S.N. (1921-1930), O‘zRFA akademigi Sukervanik I.P. (1931-1967), prof. Abdurasuleva A.R. (1967-1984), prof. Yuldashev X.Y. (1984-1992), professor Ahmedov Q.N. (1993-2008), dots. Tojimuhamedov H.S. (2009-2012), k.f.n.dots. Axmedov O‘.Ch. (2013-2014), k.f.d.Xoliqov T.S. (2015-hozirgi kungacha).
O‘quv-uslubiy ishlar. Kafedrada “Organik kimyo” bakalavr yo‘nalishi bo‘yicha “Organik kimyo”, “Organik birikmalarning tuzilish nazariyasi”, Organik reaksiyalarning mexanizmlari,Kimyo (Organik kimyo), Tabiiy va sintetik buyoqlar kimyosi, Organik kimyoda zamonaviy usullar, Organik kimyoda gaz va suyuqlik xromatografiyasi, Geterosiklik birikmalar kimyosi kabi umumiy kurslardan ma’ruza, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.
Kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan quyidagi darslik va o‘quv qo‘llanmalar nashr etilgan: X.M.Shoxidoyatov, H.O‘.Xo‘janiyozov, H.S.Tojimuhamedov Organik kimyo darsligi, A.G.Azimov, H.S.Tojimuhamedov, O‘.Ch. Ahmedov Neft kimyosi asoslari., Ahmedov Q.N., Yuldasheva M.R., “Organik kimyo usullari”-2-qism, Q.N.Axmedov, X.Y.Yo‘ldoshev, O‘.Ch.Axmedov “Organik kimyo usullari”-1-qism o‘quv qo‘llanmalar H.O’.Xo’janiyozov, T.Jumaqulov, J.E.Turdibayev, H.S.Tojimuhamedov “Organik kimyo” darslik va qator uslubiy qo‘llanmalar nashr etilgan.
Ilmiy-tadqiqot ishlari quyida yo‘nalishlarda olib borildi:
2020-2021–yillarda bajarilgan ilmiy ishlar avvalgi yillarda olib borilgan ilmiy ishlarning uzviy davomi bo‘lib “Aromatik va geterotsiklik qatorda elektrofil va nukleofil almashinish reaksiyalari” mavzusi bo‘yicha bajarilgan ishlardir. Bu umumiy mavzu bo‘yicha fenollarni alkillash, atsillash va nitrozolash, dibenzo-18-kraun-6 ni atsillash, nitrolash hamda diazotirlash, mono- va dikarbon kislota efirlarini olish, aromatik va geterotsiklik aminobirikmalarni atsillash, aromatik uglevodorodlar, fenollar efirlarini amidoalkillash mavzularida tadqiqotlar olib borildi. Kafedrada har yili 50 dan ortiq ilmiy ishlar chop etiladi. Oxirgi yillarda 4 ta patent olindi va 10 ga yaqin ishlanmalar amaliyotga joriy etildi (Navoiiy tog‘-kon metallurgiya kombinati, “Navoiiyazot” AJ, Farg‘ona NQIZ).
Himoyalar. Doktorlik dissertatsiyalari himoyalari: Yuldasheva M.R. (2017) PhD dissertatsiyalari himoyalari: Sapaev F.A,Azimova G.A.(2020),Xurramov E.N, Yusufov N.S (2021). Kafedrada “Yosh organik” to‘garagi va “Organik kimyo” ixtisosligi bo‘yicha ilmiy seminar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Kafedrada o’qitiladigan fanlar
T/r | Fan nomi | Fan haqida qisqacha ma’lumot |
1 | Organik kimyo ( Bakalavr) | Organik kimyo- organik kimyo fani haqida umumiy tushunchalar, alkanlar,alkenlar,alkadienlar,spirtlar…… kabi mavzularni chuqurlashtirilgan holda talabalarga o’rgatiladi. |
2 | Organik reaksiya mexanizmlari ( Bakalavr) | Organik reaksiya mexanizmlari-organik moddalarning hosil bo’lish sharoiti va mexanizmini o’rgatadi. |
3 | Tabiiy va sintetik bo’yoqlar ( Bakalavr) | Kimyoviy bo’yoqlar bo’yicha umumiy tushunchalar,tabiiy anorganik va organik bo’yoqlar kabi ma’lumotlarni beradi. |
4 | Geterosiklik birikmalar kimyosi(Magistratura) | Geterosiklik birikmalarning nomlanishi,olinishi,fizik-kimyoviy xossalari va ishlatilishi kabi ma’lumotlarni o’rgatadi. |
5 | Organik kimyoda gaz va suyuqlik xromatografiyasi (Magistratura) | Xromatografiya haqida umumiy tushunchalar,uning turlari va xromatografiyada ishlash qoidalari……. kabi m’lumotlarni beradi. |
Tadqiqotchilar va ilmiy ishlar to’g’risida
T/r | Tadqiqotchi professor o’qituvchining F.I.Sh | Ilmiy darajasi va unvoni | Dissertatsiya ishi mavzusi |
1 | Sapaev Frunza Adomboevich | PhD | p-Holatida o’rinbosarlari bo’lgan benzoy kislota natriyli tuzlarining xlorsirka kislota hosilalari bilan reaksiyalari |
2 | Yusufov Muhriddin Saidovich | PhD | Aminofenol izomerlarini xloratsillash va olingan mahsulotlar asosida sintezlar |
3 | Xurrramov Elyor Narzullaevich | PhD | Almashingan anilinlarning glikol,diglikol va salitsil kislotalar bilan reaksiyalarini o’rganish |
Mahalliy va xorijiy hamkorlik aloqalari:
- O‘zRFA O’simlik moddalar kimyosi instituti,
- O‘zRFA Biorganik kimyo instituti ,
- Sho’rtan-gaz kimyo majmuasi,
- Xitoy fanlari akademiyasi,
- Yaponiyaning Kyushi univesiteti, Professor Kohei Torekai
- Qozog’iston Milliy Meditsina universiteti,PhD Begimova Gulzeynep Urisbaevna
Kafedra tarkibi
T/r | Familiyasi ismi sharifi | Elektron pochta |
1 | Abdushukurov Anvar Kabirovich | abdushukurov-ximik@mail.ru |
2 | Tojimuhamedov Habibulla Sayfullaevich | habibulla@mail.ru |
3 | Xoliqov Tursunali Suyunovich | e-mail:tursunali72@mail.ru |
4 | Yuldasheva Muhabbat Razzoqberdievna | ymuxabbat@bk.ru |
5 | Azimova Gulmira Zayniddinovna | azimovagulmira84@mail.ru |
6 | Yusufov Muhriddin Saidovich | yusufov_ms@mail.ru |
7 | Xurrramov Elyor Narzullaevich | elyor_xn@mail.ru |
8 | Ochilov Shohzod Ergash o’gli | Shohzodochilov9699@gmail.com |
9 | Sapaev Frunza Adomboevich | SFXIMIK@gmail.ru |
10 | Islomova Yulduz Uralovna | Islomovayulduz@gmail.com |
To’garaklar
Organik kimyo fanidan 2-3 kurs talabalariga to’garak mashg’ulotlar olib borilmoqda.