Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

“Interdisciplinary Science Rankings”:  O‘zMU dunyo miqyosida TOP-300 talikda

Bugun, 21-noyabr kuni nufuzli xalqaro reyting tashkiloti Times Higher Education (THE) “Schmidt Science Fellows” jamg‘armasi bilan hamkorlikda ilk bora “Interdisciplinary Science Ranking” (Fanlararo fan reytingi) natijalarini e’lon qildi. 

O‘zbekiston Milliy universiteti ushbu reytingda 251-300 o‘rinlarni qayd etdi. Reytingdan O‘zbekistonning 3 ta oliy ta’lim muassasi (O‘zMU, TDTU – 251-300, TATU – 401-500) o‘rin oldi.

O‘zMU Markaziy Osiyo OTMlari orasida birinchi o‘rinni qayd etdi.

THE tashkilotining eng yirik debyuti – Fanlararo fan reytingi (Interdisciplinary Science Rankings) oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlikni rag‘batlantirish va global tadqiqot tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil qilingan bo‘lib, unda 92 ta mamlakatdan 749 ta universitet ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun, mazkur reyting universitetlar faoliyatini uchta yo‘nalishda baholaydi:

– fanlararo tadqiqotlarga bag’ishlangan nashrlar (tadqiqot sifati va obro‘);

– tadqiqotlarni rag’batlantirish (muvaffaqiyat ko‘rsatkichlari, infratuzilma, ma’muriy qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish);

– ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish.

 

O‘zMU Axborot xizmati