O‘zbekiston Milliy universitetida Rus adabiyotshunosligi kafedrasi tomonidan Toshkent adabiyotshunoslik forumi uchinchi marotaba tashkil etildi.
Mazkur forum A.S. Pushkin tavalludining 225 yilligi, shuningdek, o‘zbek adabiyotshunos olimi, chet el adabiyoti bo‘yicha mutaxassis Munira Nizomova tavalludining 75 yilligiga bag‘ishlanib o‘tkazildi.
Forumda respublikada faoliyati olib borayotgan adabiyotshunoslar, olimlar, atoqli ijodkorlar, AQSH, Rossiya, Chexiya, Armaniston adabiyotshunoslari, shuningdek, jurnalistika va o‘zbek filologiyasi fakulteti tadqiqotchilari, talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad o‘zbekistonlik hamda xorijiy adabiyotshunoslar, adabiy tanqidchilar, yozuvchi va shoirlarni birlashtirish, ijodkor yoshlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga keng jalb etishdan iborat.
Yalpi majlisda filologiya fanlari nomzodi, dotsent Munira Nizomovaning O‘zbekistonda chet yel adabiyotshunosligi rivojiga qo‘shgan ulkan ilmiy hissasi e’tirof etildi, tavalludi munosabati bilan qutlov so‘zlari o‘qib eshittirildi. Yalpi Majlisning ikkinchi qismi O‘zbekistonda Pushkinshunoslik, Pushkinning o‘zbek tiliga tarjimalari mavzusiga bag‘ishlandi.
Forum bo‘limlarida zamonaviy o‘zbek adabiyotshunosligi, Sharq, o‘zbek, Gʻarbiy Yevropa va rus adabiyoti muammolari muhokama qilindi.
O‘zMU Axborot xizmati