Senat a’zolari Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining professor-o‘qituvchilari hamda bir guruh talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Senatda bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida ishtirokchilarga yurtimizda yoshlarga berilayotgan e’tibor, yaratilayotgan sharoitlar va ularning samaralari, Senat faoliyatidagi yangiliklar va Yoshlar parlamenti haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularga berilayotgan keng imkoniyatlardan unumli foydalanish va ayollar huquqlarini ta’minlashda davlat organlari va tashkilotlarining bu boradagi sa’y-harakatlari yuzasidan fikr almashildi.
O‘z navbatida, talabalar tomonidan bir qator muhim tashabbus va takliflar ilgari surildi.
Uchrashuvdan so‘ng talaba yoshlar Senat binosi va faoliyati bilan tanishdi.
O‘zMU Axborot xizmati