Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakulteti 1-kurs talabalari talabalar turar joyida tozalik ishlariga jalb qilingani to‘g‘risida tarqalgan xabarlarga javoban quyidagilarni ma’lum qilamiz.
“Talabalar turar joyi to‘g‘risida”gi Nizom, “Ichki tartib qoidalari” hamda “Odob-axloq qoidalari”ga muvofiq barcha yotoqxonalarda yashash xonalari, qavatlar, umumiy foydalanish joylari (oshxona, yuvinish xonalari va boshqalar) hamda dam olish xonalarida tozalikka rioya etish, shaxsiy gigiyena, sog‘lom turmush tarziga amal qilish maqsadida navbatchilik asosida tozalik ishlari amalga oshiriladi.
TTJda sanitariya va gigiyena qoidalariga amal qilish yuzasidan mazkur sa’y-harakatlar kechki ovqatlanishdan so‘ng navbatchilikka ko‘ra tashkil etiladi.
Yuqoridagi holat, ya’ni yotoqxonadagi tozalik ishlari ham yarim kechasi emas, aynan kechki ovqatlanish mahalidan so‘ng amalga oshirilgan.
Yashash joyini toza tutish, umumiy foydalaniladigan jihozlarni ozoda saqlab, ulardan to‘g‘ri foydalanish hamda tozalikka rioya etish talabalarning burch va vazifasidir.
O‘zMU Axborot xizmati