Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

“Korrupsiya – kelajakka tahdid” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi mamlakatimizda yoshlar va xotin-qizlarning iqtisodiy, siyosiy hamda ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirish, ularning ta’lim olishi, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishi va bandligini ta’minlashga ko‘maklashish, shuningdek, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirmoqda.

Bugun, 11-mart kuni O‘zbekiston Milliy universitetida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning salbiy oqibatlari haqida jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida «Korrupsiya – kelajakka tahdid” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zXDP MK xodimlari, mahalliy kengash deputatlari, professor-o‘qituvchilar, talabalar, OAV va faol yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zosi Anvarxon Temirov so‘zga chiqib, mavzu borasida fikr bildirdi.

Shuningdek, O‘zXDP MK bo‘lim boshlig‘i Muhsiddin Nizomiddinov hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi «Yoshlar qanoti» faoli Gavhar Qarshiyevalar ham chiqish qilib, demokratik jarayonlarda yoshlarning hamda xotin-qizlarning ishtiroki va o‘rni haqida to‘xtalib o‘tishdi.

Uchrashuv yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga deputatlar tomonidan javob olishdi. Bir guruh talabalarga partiyaga a’zolik guvohnomalari topshirildi.

O‘zMU Axborot xizmati