Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

MISIS Milliy tadqiqot texnologik universiteti vakili O’zMUda



MISIS Milliy tadqiqot texnologik universiteti (Rossiya) xalqaro hamkorlikni tashkil qilish boshqarma boshlig‘i Olga Mixaylovna O‘zbekiston milliy universitetiga hamkorlik taklifi bilan tashrif buyurdi.

Uchrashuvda ikki universitet o‘rtasida ilmiy tadqqotlarni hamkorlikda amalga oshirish, hammualliflikda maqolalar nashr qilish va xalqaro qo‘shma ilmiy loyihalarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama etildi.

Uchrashuv so‘ngida mazkur hamkorlikni amalga oshirish uchun ikki oliygoh o‘rtasida hamkorlik hujjatlari imzolashga kelishib olindi.


Xalqaro aloqalar bo`limi