Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

O‘zbekiston Milliy universitetida talaba-qizlar o‘rtasida “To‘maris izdoshlari” sport o‘yinlari “Rektor kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi

O‘zMU Harbiy tayyorgarlik o‘quv-markazida o‘tkazilgan ushbu sport musobaqasi juda shiddatli va murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi. Unda talaba-qizlar o‘zlarining chaqqonlik, mardlik, kuch va epchilliklarini namoyon etishdi.

Musobaqa talaba-qizlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash, chidamlilik va irodasini sinovdan o‘tkazishga qaratildi.

Musobaqa quyidagi shartlar asosida tashkil etildi:
1. “Jamoani tanishtirish”
2. “Birinchi tibbiy yordam”
3. Arqonda sakrash
4. Darts o‘yini
5. Arqon tortish
6. 60 metrga yugurish estafetasi

Har bir shartda ishtirokchilar katta ishtiyoq va jamoaviy ruh bilan qatnashishdi. Ayniqsa, arqon tortish va yugurish estafetasi paytida tomoshabinlar hayajonga to‘lib, musobaqa haqiqiy sport ruhida o‘tdi.

Musobaqa yakunida g‘olib jamoalar quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlandi:
1-o‘rin Fizika fakulteti — 7 million so‘m
2-o‘rin Taekvondo fakulteti— 5 million so‘m
3-o‘rin Matematika fakulteti— 4 million so‘m

Bu kabi tadbirlar talaba-qizlarimizning sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda, sportga bo‘lgan qiziqishini oshirishda va vatanparvarlik tuyg‘usini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

tadbirnio‘tkazish bir nechta muhim maqsad va vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi:
1. Vatanparvarlik ruhini oshirish – Talaba-qizlar orasida harbiy-vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish, ularda Vatanga sadoqat, mas’uliyat va fuqarolik burchini his qilishga yordam beradi.
2. Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish – Sport musobaqalari yoshlar orasida sog‘lom hayot tarzini ommalashtiradi, jismoniy faollikni oshiradi va turli yomon odatlardan uzoqlashtiradi.
3. Jamoaviylik va liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish – Ishtirokchilar jamoa bo‘lib ishlash, bir-birini qo‘llab-quvvatlash, murosaga kelish va boshqaruv ko‘nikmalarini shakllantiradi.
4. Qizlarning faolligini oshirish – Talaba-qizlarning sport va jamoat ishlaridagi ishtirokini rag‘batlantirish orqali ularni faol, tashabbuskor va mustaqil bo‘lishga undaydi.
5. Ruhiy va jismoniy bardoshlilikni mustahkamlash – Bunday musobaqalar ishtirokchilarni turli sinovlarga bardosh berishga, o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirishga va stressga qarshi kurashishga o‘rgatadi.

Yig‘ilgan tajriba, ijobiy kayfiyat va rag‘bat esa ularning kelgusi hayotida foydali bo‘lib, jamiyatda faol va sog‘lom avlodni shakllantirishga xizmat qiladi.

O‘zMU Axborot xizmati