Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

O‘zbekiston Milliy universitetida biologiya, matematika, informatika va fizika fanlari bo‘yicha olimpiadalar o‘tkazildi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida Toshkent shahri umumta’lim maktablarining bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida biologiya, matematika, informatika va fizika fanlaridan olimpiadalar tashkil etildi.

Biologiya fanidan olimpiadada Toshkent shahri umumta’lim maktablarining 74 nafar bitiruvchi sinf o‘quvchilari ishtirok etdi.

Matematika fanidan olimpiadada Toshkent shahri umumta’lim maktablarining 93 nafar bitiruvchi sinf o‘quvchilari ishtirok etdi.

Fizika fanidan olimpiadada Toshkent shahri umumta’lim maktablarining 30 nafarga yaqin o‘quvchilari o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.

Informatika fanidan olimpiadada Toshkent shahri umumta’lim maktablarining 22 nafar bitiruvchi sinf o‘quvchilari ishtirok etdi.

Fan olimpiadalari maktab o‘quvchilari o‘rtasida fanlarga bo‘lgan qiziqishni oshirish, iste’dodli yoshlarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi. Tadbirlar jarayonida ishtirokchilar o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish etdilar, g‘oliblar esa keyingi bosqichlarga yo‘llanma oldilar.