Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

ERASMUS+ INMACOM loyihasi doirasida O’zbekiston oliy o’quv yurtlari o’qituvchilari uchun trening



“INMACOM – Innovative Master’s program in photonics and optical Communications to meet the needs of the telecommunications labour market in Uzbekistan (ERASMUS-EDU-2022-CBHE-STRAND-2 (101083224)” loyihasi rejasiga muvofiq 2025-yil 28-29-aprel kunlari Toshkent axborot texnologiyalari universitetida, 2025-yil 30-apreldan 2-maygacha O’zbekiston Milliy universitetida “TRAINING OF UZBEK TEACHERS ON LABORATORY EXPERIMENTS” haftalik o’quv kursi bo’lib o’tdi.

Trening gibrid formatda tashkil etildi: INMACOM konsorsiumi vakillari: UGENT universiteti (Belgiya), VRIJE Bryussel universiteti( Belgiya), Polito Turin politexnika instituti (Italiya) – onlayn tarzda, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, O’zbekiston Milliy universiteti, Samarqand davlat universiteti, TATUning Urganch filiali o’qituvchilari esa oflayn rejimda ishtirok etishdi.

Fotonika va optik aloqalar bo‘yicha laboratoriya tajribalarini o‘tkazish metodikasi bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi va uning natijalariga ko‘ra ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.


Xalqaro aloqalar bo’limi