Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

“Onam aytgan allalar” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi

 

Mustaqil O‘zbekistonimizda davlat va jamiyat boshqaruvini yanada demokratlashtirish, Uchinchi Renessans poydevorini yaratish yo‘lida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda yoshlar tarbiyasida milliy o‘zlikni anglash, ajdodlarimizga hurmat, milliy meros va qadriyatlarga sadoqat bilan yondashish muhim o‘rin tutmoqda.

Xotin-qizlarga oid davlat siyosati doirasida, millat tarbiyachilari bo‘lgan qizlarimizni oilaga tayyorlashda ham milliy qadriyatlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu yondashuvning amaliy ifodasi sifatida O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakultetida “Onam aytgan allalar” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

 

Mazkur tadbir asrlar davomida avloddan avlodga o‘tib kelayotgan, har bir inson qalbida iliq xotiralar uyg‘otadigan, ona mehriga to‘la allalarga bag‘ishlandi. Alla — bu shunchaki qo‘shiq emas, balki onaning yuragidan chiqqan samimiy tuyg‘ular, Vatanga, oilaga, onaga bo‘lgan muhabbat va ezgulikni ifoda etuvchi bebaho madaniy merosdir.

Tadbir orqali ishtirokchilar milliy an’analarimiz va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, yosh avlod, ayniqsa qizlarimiz ongida oila va jamiyatdagi mas’uliyat tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim g‘oyalarni yana bir bor his etdilar.

O‘zMU Axborot xizmati