Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Yaponiya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (JIСA) vakillari O‘zMUda









Bugun — 13 may kuni, O‘zbekiston Milliy universitetiga Yaponiya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (JIСA) vakillari tashrif buyurishdi.Mazkur tashrifdan asosiy maqsad — O‘zbekiston oliygohlarining dunyodagi eng nufuzli universitetlar qatoridan joy olishiga ko‘maklashish, ayniqsa, ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishini qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuvda universitetning xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Raima Shirinova, xalqaro bo‘lim boshliqlari, o‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i Vohidjon Topildiyev hamda ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Nargiza Nurmuxamedova ishtirok etdilar.

Delegatsiya rahbari Shozava Hikaru universitetda amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar, magistratura va doktorantura yo‘nalishlaridagi faoliyat, mavjud ilmiy laboratoriyalar, xorijiy tashkilotlar va tadqiqot institutlari bilan bo‘lgan hamkorlik, shuningdek, xalqaro grantlarda universitet professorlarining ishtiroki kabi yo‘nalishlarga katta qiziqish bildirdi.

Shuningdek, Delegatsiya universitet rektori Inom Madjidov bilan uchrashib, kelgusida Yaponiya Xalqaro Hamkorlik Agentligi bilan bo‘ladigan hamkorlik dunyo ilm-fan rivojida katta ahamiyatga egaligi qayd etildi. Delegatsiya aʼzolari universitetning “Molekulyar va hujayra biotexnologiyasi” ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi faoliyati bilan tanishdi.

Uchrashuv so‘ngida Yaponiya Xalqaro Hamkorlik Agentligi bilan mavjud hamkorlikni yana-da mustahkamlash va kelgusida yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.


Xalqaro aloqalar bo`limi