Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Adiblar hiyobonida “Besh tashabbus” doirasida sport va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar hamda “Milliy qadriyatlar sayli” bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Milliy universiteti fakultetlari o‘rtasida “Besh tashabbus” doirasida sport va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, shu jumladan, “Milliy qadriyatlar sayli” bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda Biologiya va ekologiya hamda Geografiya va geoaxborot tizimlari fakulteti talabalari faol ishtirok etishdi.

Tadbir doirasida tashkil etilgan “Mushoira” bellashuvi talabalarni ruhlantirdi, ularning badiiy salohiyati va maʼnaviy dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qildi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – talabalar qalbiga milliylik ruhini singdirish, ularning iqtidor va salohiyatini butun universitet miqyosida namoyon etishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir ko‘tarinki ruh va yuqori kayfiyatda o‘tkazildi.