



Ushbu tadbir “Dorilfunun” musiqa va raqs ansambli hamda universitetning iqtidorli talabalari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Konsert dasturida milliy va zamonaviy kuy-qo‘shiqlar, teatr sahnalari, raqslar hamda jonli ijrodagi chiqishlar tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi. Talabalar o‘zlarining iqtidorini, sahnadagi mahoratini namoyish etib, barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdilar. Ayniqsa, ansambl tomonidan ijro etilgan milliy ashulalar va raqslar tadbirga o‘ziga xos ruh bag‘ishladi. Tadbir davomida O‘zbekistonning boy madaniy merosi, xalqimizning o‘ziga xos an’analari targ‘ib qilindi. Konsert tomoshabinlar — professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda mehmonlar tomonidan iliq kutib olindi. Mazkur tadbir yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni san’atga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, estetik did va ijtimoiy faollikni oshirish maqsadida tashkil etildi. O‘zMUda bundan keyin ham talabalar uchun ana shunday madaniy-ma’rifiy tadbirlar muntazam tashkil etilishi rejalashtirilgan.



