Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

“Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqa bo‘lib o‘tdi

 

O‘zbekiston Milliy universitetida “Amir Temur vorislari” harbiy-sport  musobaqasi tashkil etildi. Ushbu musobaqada 500 ga yaqin talaba ishtirok etdi. Musobaqa ikki asosiy shart bo‘yicha o‘tkazildi:
1-shart – o‘quv granatasini uzoqlikka uloqtirish:
2-shart – turnikda tortilish.

Musobaqaning asosiy maqsadi — yoshlar o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish, sportga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Natijalar jamoaviy ballar asosida aniqlandi. Har bir ishtirokchining to‘plagan ballari jamlanib, jamoa a’zolari soniga nisbatan bo‘linib, g‘olib jamoa aniqlandi. Ballar teng kelgan holatlarda esa hakamlar hay’ati tomonidan qo‘shimcha sport sharti orqali g‘olib belgilandi.

1-o’rin Jurnalistika va o’zbek filologiya fakulteti;
2-o’rin Ijtimoiy fanlar fakulteti
3-o’rin Amaliy matematika va intelektual texnologiyalari fakulteti va Matematika fakulteti

Ushbu musobaqa talabalar uchun nafaqat jismoniy tayyorgarlik, balki jamoaviylik, mas’uliyat va intizomni mustahkamlovchi muhim tajriba bo‘ldi.