Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Talabalar festivali doirasida o’tkazilgan tadbirlar faol ishtirokchilari taqdirlandi

Universitetda an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan Talabalar festivali bu yil yanada keng ko‘lamda tashkil etildi. Festival doirasidagi sport musobaqalari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va intellektual o‘yinlar talabalarning iqtidor va salohiyatini namoyish etishga xizmat qildi.

Mazkur festival 12 000 ga yaqin talabani qamrab oldi. Ular sportning turli yo‘nalishlari, ijodiy va intellektual bellashuvlarda faol ishtirok etishdi. Tadbir davomida bilimdon, iqtidorli va faol yoshlar ajralib chiqdi.

 

Festival yakunida o‘zining alohida faolligi va yutuqlari bilan ajralib turgan 100 ga yaqin talaba tantanali ravishda taqdirlandi. Ular diplom, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan mukofotlandilar.

Taqdirlash marosimi ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Bu festival talabalarga quvonch, ijobiy kayfiyat va unutilmas xotiralarni taqdim etdi. Shubhasiz, bunday tadbirlar yoshlarning birligi, ijodkorligi va har tomonlama yetuk shaxs sifatida shakllanishida muhim o‘rin tutadi