
Bugun 15-iyul kuni M.V.Lomonosov nomidagi Shimoliy (Arktika) Federal universiteti vakillari Golomidova Polina Sergeevna boshchiligidagi delegatsiya O‘zMUga tashrif buyurdi.
Mazkur universitet bilan 2019 yildan buyon faol hamkorlik olib borilmoqda.
Bugungi uchrashuvda yangi 2025–2026 o‘quv yilida ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Xususan, O‘zbekiston – Rossiya qo‘shma loyihasida ekologiya va biologiya yo‘nalishida loyiha topshirish, talabalar akademik mobilligi, dala amaliyotlarini tashkil qilish, professor-o‘qituvchilarni malakasini oshirish va stajirovkalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha masalalar ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida 2025–2026 o‘quv yiliga mo‘ljallangan ikki universitetning strategik hamkorlik rejasini ishlab chiqish hamda tasdiqlashga kelishib olindi.
«Xalqaro aloqalar bo‘limi»