🔴Mazkur universitet bilan 2019 yildan buyon faol hamkorlik olib borilmoqda.
Bugungi uchrashuvda yangi 2025–2026 o‘quv yilida ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi.
🔴Xususan, O‘zbekiston – Rossiya qo‘shma loyihasida ekologiya va biologiya yo‘nalishida loyiha topshirish, talabalar akademik mobilligi, dala amaliyotlarini tashkil qilish, professor-o‘qituvchilarni malakasini oshirish va stajirovkalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha masalalar ko‘rib chiqildi.
🔴Uchrashuv yakunida 2025–2026 o‘quv yiliga mo‘ljallangan ikki universitetning strategik hamkorlik rejasini ishlab chiqish hamda tasdiqlashga kelishib olindi.




