Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

O‘zbekiston Milliy universitetida sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi

Bugun, 21 avgust kuni O‘zbekiston Milliy universitetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida sport musobaqalari tashkil etildi. Mazkur tadbir universitet talabalari hamda mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish va yoshlarni sportga keng jalb etish maqsadida o‘tkazildi.

Musobaqalar universitetning sport majmuasida mini futbol, basketbol, voleybol, shaxmat-shashka sport turlari bo‘yicha tashkil etilib, 200 nafarga yaqin talabalar hamda 30 nafarga yaqin mahallalar yoshlarini qamrab oldi.

Mini futbol bo‘yicha o‘tkazilgan sport musobaqalarida “Oltintepa”,  “Ko‘ksaroy”,  “Beshterak” mahallalari o‘smir yoshlari o‘zaro bahslashdilar.

Tadbir davomida barcha ishtirokchilar o‘z sport mahoratlarini namoyish etdilar. Har bir yo‘nalish bo‘yicha eng yaxshi natijalarni qayd etgan g‘olib va sovrindorlar O‘zbekiston Milliy universiteti rahbariyati tomonidan maxsus esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Mazkur sport musobaqalari yoshlar orasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, ijtimoiy faollikni oshirish va jamoaviy ishlash ko‘nikmasini mustahkamlashga xizmat qildi.

O‘zMU Axborot xizmati