Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki

22-23-avgust kunlari O‘zbekiston Milliy universitetida yurtimiz mustaqilligining shonli 34 yillik bayrami oldidan keng ko‘lamli hashar ishlari olib borildi.

“Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida tashkil etilgan umumxalq xayriya hashari — atrof-muhitni muhofaza qilish, hududlarni obodonlashtirish, tozalik va ozodalikka keng e’tibor berishga qaratildi.

Unda universitet xodimlari, xo‘jalik ishlari mas’ullari, fakultetlar va talabalar turar joylari vakillari faol ishtirok etmoqda. Universitet hududida daraxt va gul ko‘chatlari parvarishlanmoqda, yashil maydonlar obodonlashtirilmoqda.

Ushbu tashabbus, nafaqat mustaqillik bayramiga munosib tayyorgarlik, balki yurtimizda ekologik madaniyatni yuksaltirish, jamoaviylik va hamjihatlik ruhini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.