🚨Bugun, 10 sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy universitetiga Yaponiya Kanalizatsiya Ishlari Agentligi (Japan Sewage Works Agency – JSWA) vakillari tashrif buyurdilar. Mazkur agentlik Yaponiyada suv ta’minoti va oqova suv tizimlarini rejalashtirish, boshqarish hamda zamonaviy tozalash texnologiyalarini joriy etishda yetakchi tashkilot hisoblanadi. Shuningdek, JSWA Osiyo miqyosida suv resurslarini samarali boshqarish va ekologik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha eng nufuzli tashkilotlardan biri sifatida tan olingan.
🔴Agentlik vakillarini Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Raima Shirinova boshchiligidagi bo‘lim boshliqlari hamda tegishli fakultet dekanlari kutib oldilar.
🔴Uchrashuvda asosan suv resurslarini boshqarish, oqova suvlarni tozalash va ushbu yo‘nalishda qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama etildi. O‘zMU vakillari ham o‘zlari olib borayotgan ilmiy ishlar, jumladan, biosuv tozalash bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar haqida ma’lumot berdilar.
🔴Suhbat yakunida mazkur sohada hamkorlikni mustahkamlash maqsadida ikki tomon vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish hamda kelgusida onlayn muloqotlar orqali qo‘shma loyihalarni muhokama qilishga kelishib olindi.


