✅ Bugun, 26 sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy universitetiga Avstriyaning Eurasia-Pacific Uninet (EPU) akademik tarmog‘i prezidenti va Zaltsburg universiteti professori Yozef Strobl (Josef Strobl) tashrif buyurdi.
✅ Ma’lumki, mazkur universitet bilan 2025-2026 o‘quv yillarida geoinformatsion tizimlar mutaxassisligida ikki yoqlama diplom yo‘lga qo‘yilgan. Bugungi uchrashuvda mazkur mutaxassislikka talabalarni tanlab olish, akademik semestrlarda o‘qitiladigan fanlar va talabalarning Zaltsburg universitetida ta’lim olishlari kabi bir qator masalalar muhokama etildi.
✅ Shuningdek, 2026 yilda hamkorlikda o‘tkaziladigan xalqaro konferensiyani tashkil qilish hamda kelajakda xalqaro loyihalarda ishtirok etish kabi bir qator masalalar bo‘yicha kelishuvlar olib borildi.