O‘zbekiston Milliy universitetida talaba-yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalash maqsadida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ma’rifiy uchrashuv o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Oltin qalam” Milliy mukofoti sovrindori, “Do‘stlik” ordeni sohibi To‘lqin Eshbekning yangi “Jadidlar javhari” nomli dostonlar va she’rlar to‘plami taqdimot qilindi.

Mazkur ma’rifiy uchrashuvda atoqli ijodkorlar, adiblar, universitet professor-o‘qituvchilari, Jurnalistika va o’zbek filologiyasi fakulteti olimlari, talaba-yoshlar hamda adabiyot ixlosmandlari ishtirok etishdi.

Jumladan, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Qobilbek Karimbekov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Dadaxon Yoqubov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi To‘lqin Hayit, «Muhamad Yusuf fondi» rahbari, «Oltin qalam» gazetasi bosh muharriri Nazira as-Salom, adib Abdulla Ayizov, shoira Gulchehra Shahobiddin qizi hamda shoir Shodi Otamurodovlar universitetda mehmon bo’lishdi.



Tadbir davomida muallifning ijodiy faoliyati, asarlarida yurtparvarlik, ma’naviyat va jadidlar merosiga hurmat kabi mavzularning aks etgani alohida ta’kidlandi.

Taklif etilgan mehmonlar kitobxonlikning kishi ma’naviy olamini kengaytirishdagi o‘rni va afzalliklari, yoshlarning dunyoqarashini rivojlantirishda adabiyotlarning tutgan ahamiyati haqida so‘z yuritib, ijod namunalaridan yig‘ilganlarni bahramand etishdi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Milliy universitetida adabiyot va ma’naviyat targ‘ibotchilari, taniqli ijodkorlar ishtirokida ko‘chat ekish aksiyasi bo‘lib o‘tdi.
