O‘zbekiston Milliy universitetida professor-o‘qituvchilar, pedagog xodimlar va talabalar ishtirokida “Islohotlar bilimdoni” Respublika ko‘rik-tanlovining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov ishtirokchilari mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni chuqur anglash, ularning mazmun-mohiyatini targ‘ib etish hamda ma’naviy-ma’rifiy faoliyatda faollik ko‘rsatish bo‘yicha bilim va tajribalarini namoyish etdilar.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha tashkil etildi:
🔹 “Eng faol milliy g‘oya va ma’naviyat targ‘ibotchisi”;
🔹 “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha eng yaxshi kafedra”;
🔹 “Eng yaxshi tyutor”;
🔹 “Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi”;
🔹 “Eng faol islohotlar targ‘ibotchisi”.
Birinchi prorektor rahbarligidagi hay’at a’zolari ishtirokchilarning chiqishlarini baholab, g‘oliblarni aniqladilar. Tanlov natijalariga ko‘ra, o‘z fidoiyligi, tashabbuskorligi va islohotlarga daxldor faoliyati bilan ajralib turgan universitet jamoasi vakillari g‘olib deb topildi.
«Eng faol milliy g‘oya va ma’naviyat targ‘ibotchisi» nomitasiyasi bo’yicha:
1-o’rin: Yusuboov Jaloliddin Kadamovich Ijtimoiy fanlar fakulteti dotsenti, falsafa fanlari doktori
«Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha eng yaxshi kafedra» nominatsiyasi bo’yicha:
1-o’rin: Ijtimoiy fanlar fakulteti Huquqiy fanlar kafedrasi

«Eng yaxshi tyutor» nomitatsiyasi bo’yicha:
1-o’rin: Berdiyeva Fotima Shavkatovna, Geologiya va muhandislik geologiyasi fakulteti tyutori
«Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi» nominatsiyasi bo’yicha:
1-o’rin: Begmatova Dilfuza Abdullajonovna, Fizika fakulteti xotin-qizlar maslahatlari bo‘yicha dekan maslahatchisi

«Eng faol islohotlar targ‘ibotchisi» nomitatsiyasi bo’yicha:
1-o’rin: Toshturdiyev Nurbek Nurali o‘g‘li, Fizika fakulteti talabasi
2-o’rin: Raxmonaliyeva Gulnoza Dilmurod qizi, Ijtimoiy fanlar fakulteti talabasi
3-o’rin: Ergasheva Nilufar Akramjon qizi, Jurnalistika va o‘zbek filologiyasi fakulteti talabasi
3-o’rin: O‘tayeva Sitora Malik qizi, Kimyo fakulteti talabasi
Mazkur tanlovning «Eng faol islohotlar targ‘ibotchisi» nominatsiyasi bo’yicha Tarix fakulteti talabasi Aliqulov Azamat Shavkat o‘g‘li hamda Ijtimoiy fanlar fakulteti talabasi Xudoyqulova Mehrigul Shoynazar qizi faol ishtirok etishdi.

Birinchilikni egallagan gʻoliblar Respublika bosqichida universitet sha’nini munosib himoya qilishadi.
O’zMU Axborot xizmati