Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

O‘zMU Koreya universitetlari bilan hamkorlikni kengaytirmoqda.

🔴 Bugun, O‘zbekiston Milliy universiteti xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Raima Shirinova va Geologiya va muhandislik geologiyasi fakulteti dekani Akramiddin Umarov Hanseo universitetiga tashrif buyurishdi va mazkur universitet bilan olib borilgan 8 oylik kelishuvlar hamda onlayn uchrashuvlar natijasida ikki universitet o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

🔴 Mazkur universitet bilan talabalar almashinuvi, professor-o‘qituvchilarning ilmiy hamkorligi hamda ilmiy tadqiqotlarni hamkorlikda sohada mavjud muammolarga qaratishga kelishildi.

🔴 Hanseo universiteti prezidenti Ham Ki Sun o‘zining O‘zbekiston oliy ta’lim tizimidagi xalqaro hamkorligi to‘g‘risida iliq fikrlar bildirdi.