Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

InterGrowth Education Technology (Beijing) Co., Ltd. asoschisi O‘zMUda

🔴Bugun, 28-oktyabr kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetiga InterGrowth Education Technology (Beijing) Co., Ltd. asoschisi vakili Elli Ma (Ally Ma) tashrif buyurdi.

🔴Uchrashuvda O‘zbekiston Milliy universiteti xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Raima Shirinova hamda xorijiy talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Ulug‘bek Oxundadaev qatnashdi va asosiy e’tibor Hong Kong University of Science and Technology (Guangzhou), Dalian University of Technology hamda University of Electronic Science and Technology of China universitetlari bilan hamkorlikda 4+0 dasturi doirasida qo‘shma ta’lim yo‘lga qo‘yish masalalariga qaratildi.

🔴Mazkur tashabbus doirasida bakalavriat va magistratura yo‘nalishlarida hamkorlikni tashkil etish, asosan mazkur yo‘nalishlarda xitoylik talabalarning ta’lim olishini ta’minlash hamda O‘zMU professor-o‘qituvchilarini o‘quv jarayoniga jalb etish orqali qo‘shma diplom dasturini amalga oshirish taklifi bildirildi.

🔴Shuningdek, Xitoy universitetlari talabalarini O‘zMUda o‘tkaziladigan yozgi maktab dasturlariga jalb etish, akademik mobillik dasturlarida ishtirok etish hamda ikki tomonlama ilmiy hamkorlikni kengaytirish yuzasidan fikr va mulohazalar almashildi.

🔴Uchrashuv yakunida tomonlar taklif etilgan tashabbuslarning me’yoriy-huquqiy asoslarini keyingi bosqichlarda soha mutaxassislari bilan ko‘rib chiqish va aniq amaliy yo‘nalishlarni belgilab olishga kelishib oldilar.