Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

O‘zMUda “Birgalikda ommaviy sportga!” shiori ostida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Milliy universitetida “Birgalikda ommaviy sportga!” shiori ostida sport sohasining yetuk mutaxassislari va sport ustalari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi — imkoniyati cheklangan talabalarni ommaviy sport harakatlariga keng jalb etish, ularning sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishini oshirishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuvda velosport, triatlon, taekvondo, yengil atletika va og‘ir atletika yo‘nalishlari bo‘yicha tajribali mutaxassislar ishtirok etishdi. Tadbir davomida talabalar uchun sport bilan muntazam shug‘ullanish imkoniyatlari, paralimpiya sportining istiqbollari hamda sog‘lom turmush tarzining ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, uchrashuv jarayonida imkoniyati cheklangan, biroq sportga qiziqish bildirgan talabalarni aniqlash, ularning sport sohasidagi salohiyatini rivojlantirish va keyinchalik ommaviy sport tadbirlariga faol jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur uchrashuv O‘zbekiston Milliy universitetida inklyuziv ta’limni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning navbatdagi bosqichi sifatida o‘tkazildi.

Shuningdek, uchrashuv jarayonida imkoniyati cheklangan, biroq sportga qiziqish bildirgan talabalarni aniqlash va ularni keyinchalik ommaviy sport tadbirlariga jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur uchrashuv O‘zbekiston Milliy universitetida inkluziv ta’lim va sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlarning bir qismi sifatida o‘tkazildi.