Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

“Evrika” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

Renessans kino uyida “Science and Innovation” kompaniyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi Ilm-fan targ‘ibot markazi hamkorligida nufuzli “Evrika” tanlovining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda respublikamizning turli hududlaridan ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan qariyb 600 nafar nomzodlar ishtirok etdi. Bir necha bosqichda o‘tkazilgan tanlov jarayonlarida eng munosib ishlanmalar va ilmiy loyihalar saralab olindi.

G‘oliblar qatorida O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika va o‘zbek filologiyasi fakulteti “Kompyuter lingvistikasi va amaliy tilshunoslik” kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Nilufar Abduraxmonova ham munosib o‘rinni egalladi.

Ma’lumot uchun: respublika miqyosida tashkil etilgan mazkur tanlovda 18 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlar quyidagi yo‘nalishlarda o‘z ilmiy loyihalarini taqdim etdilar:

Raqamlar dunyoni boshqaradi

Tabiat va inson

Texnika va IT texnologiyalar olami

Jamiyat, tarix, madaniyat

Yosh olima ayollar uchun

G‘oliblarga statuetkalar, vaucherlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.