Professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlarning jismoniy tarbiya va sportning ommaviy turlariga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida sport musobaqalari Spartakiada tashkil etildi.Spartakiada doirasida erkaklar o‘rtasida mini-futbol, shaxmat va stol tennisi, ayollar o‘rtasida esa voleybol, shashka hamda stol tennisi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.Bellashuvlar murosasiz va yuqori sport ruhida kechdi. Musobaqalar yakuniga ko‘ra barcha g‘olib va sovrindorlar O‘zbekiston Milliy universiteti Kasaba uyushma qo‘mitasining qimmatbaho sovg‘alari hamda tegishli diplomlar bilan taqdirlandi.

Musobaqa g‘oliblari
Stol tennisi (ayollar o‘rtasida):
1-o‘rin — Shermuhammedova Nargiza Nuritdinovna (Taekvondo va sport faoliyati fakulteti)
2-o‘rin — Malysheva Mariya Yevgenovna (Fizika fakulteti)
3-o‘rin — Usmanova Shahodat Valijonovna (Geologiya va muhandislik geologiyasi fakulteti)
Stol tennisi (erkaklar o‘rtasida):
1-o‘rin — Burxanov Aktam Usmanovich (Iqtisodiyot fakulteti)
2-o‘rin — Ro‘zmetov Rasul Tangirberganovich (Taekvondo va sport faoliyati fakulteti)
3-o‘rin — Ochilov Uyg‘un Qayum o‘g‘li (Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti)
Shashka (ayollar o‘rtasida):
1-o‘rin — Akramova Fazilat Artikbayevna (Tarix fakulteti)
2-o‘rin — Jannazarova Gauhar Kaipnazarovna (Iqtisodiyot fakulteti)
3-o‘rin — Iminova Zuhra Bahodir qizi (Taekvondo va sport faoliyati fakulteti)
Shaxmat (erkaklar o‘rtasida):
1-o‘rin — Ro‘ziyev Shohrux G‘ayrat o‘g‘li (Fizika fakulteti)
2-o‘rin — Rashidov Sherzod Bahron o‘g‘li (Ijtimoiy fanlar fakulteti)
3-o‘rin — Atabayev Dilshod Xusanbayevich (Geologiya va muhandislik geologiyasi fakulteti)
Voleybol (ayollar o‘rtasida):
1-o‘rin — Taekvondo va sport faoliyati fakulteti jamoasi
2-o‘rin — Biologiya fakulteti jamoasi
3-o‘rin — Geologiya va muhandislik geologiyasi fakulteti jamoasi
Mini-futbol (erkaklar o‘rtasida):
1-o‘rin Amaliy matematika va intelektual texnologiyalar fakulteti
2-o‘rin Rektorat jamoasi
3-o‘rin Taekvondo va sport faoliyati fakulteti