Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Zaltsburg universitetida geoinformatika va turizm sohasida strategik hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

16–20-fevral kunlari Avstriyaning Zaltsburg universiteti Geoinformatika kafedrasida O’zbekiston Milliy universiteti Geografiya va geoaxborot tizimlari fakulteti Geodeziya, kartografiya va kadastr kafedrasi katta o‘qituvchisi I.Abdullayev xizmat safari doirasida uchrashuv va ekspert muhokamalarida ishtirok etdi.

Safar davomida turizm sohasidagi tadqiqotlar, uni raqamlashtirish va ta’lim dasturlarini yangilash bo‘yicha asosiy yo‘nalishlar belgilab olindi. TSour loyihasi doirasidagi so‘rov natijalari tahlili turizmni boshqarishda geoinformatsion texnologiyalar va hududiy (geofazoviy) tahlildan foydalanish uchun qanday bilim va ko‘nikmalar zarurligini aniqlashga yordam berdi.

Shuningdek, turizm statistikasi, ochiq ma’lumotlar va analitik dashboardlar bilan ishlash bo‘yicha amaliy tajriba almashildi. Olingan natijalar “Tien-Shan Tourism Development: statistics, directions and problems” loyihasiga geoinformatika yondashuvlarini integratsiya qilish uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qildi.

Muhokamalar yakunida Tyanshan turizmini kuzatib borish uchun GIS-platforma yaratish, turistik yuklama va infratuzilmani tahlil qilish, tog‘li hududlarda xavf va barqarorlikni baholash hamda GeoTourism yo‘nalishida raqamli ta’lim modullarini ishlab chiqish bo‘yicha qo‘shma loyihalar rejalashtirildi.