🔺“Huquq maktabi” mobil ilovasi yoshlar va keng jamoatchilik uchun ishga tushirildi. Mazkur ilova huquqiy bilimlarni oshirish, yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda qulay va zamonaviy shaklda ta’lim olish imkonini yaratadi.
🎓Ilova kimlar uchun?
• Bolalar uchun
• Abituriyentlar uchun
• Keng aholi qatlami uchun
• O‘qituvchilar uchun
Hozirgi kunda ilovada:
• 53 ta kurs
• 179 ta fan
• 122 ta bo‘lim
• 458 ta dars joylashtirilgan.
Shuningdek, turli kasb egalari uchun 43 ta va abituriyentlar uchun 107 ta huquqiy mavzuda maxsus o‘quv kontentlari ishlab chiqilib, professor-o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan materiallar ilovaga yuklandi.
💡 Ilovaning afzalliklari:
✅ Huquqiy bilimlarni bepul va qulay o‘rganish
✅Istalgan joyda va istalgan vaqtda ta’lim olish imkoniyati
✅Videoqo‘llanma va maxsus yordam funksiyasi orqali tezkor ko‘mak
✅Yoshlar uchun sodda va tushunarli kontent
✅Abituriyentlar uchun kirish imtihonlariga tayyorgarlik imkoniyati