“Eng yaxshi tyutor — 2026” tanlovi e’lon qilinadi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida talabalar bilan ishlashda yuqori natijalarga erishayotgan, tashabbuskor va faol tyutorlarni aniqlash maqsadida “Eng yaxshi tyutor — 2026” tanlovi o‘tkaziladi.
Tanlov quyidagi 3 ta nominatsiya bo‘yicha tashkil etiladi:
🥇 “Eng faol targ‘ibotchi tyutor” — talaba-yoshlar bilan ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda olib borilgan ishlar, tadbirlarni tashkil etishdagi faollik va tashabbuskorlik baholanadi.
📚 “Eng faol kitobxon tyutor” — kitobxonlik madaniyati, o‘qilgan asarlar, o‘zbek adabiyoti hamda jadidchilik harakati namoyandalari haqidagi bilimlar savol-javob va test asosida baholanadi.
💡 “Eng faol tashabbuskor tyutor” — tyutorlik faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan tashabbuslar, takliflarning amaliyotga joriy etilishi va faoliyatdagi o‘ziga xos yondashuvlar inobatga olinadi.
Tanlovda ishtirok etish uchun:
tyutorning professional portfoliosi;
tanlangan nominatsiyaga oid hujjatlar;
amalga oshirilgan ishlarni tasdiqlovchi foto va videomateriallar taqdim etiladi.
📅 Fakultet bosqichi — 20-avgustgacha.
🏛 Universitet bosqichi (yakuniy) — avgust oyining uchinchi o‘n kunligida.
Tanlovning fakultet bosqichida 1-, 2- va 3-o‘rinlarni, yakuniy bosqichda esa har bir nominatsiya bo‘yicha 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. Yakuniy bosqichda ishtirok etgan boshqa ishtirokchilarga sertifikat topshiriladi.
Fakultet bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan tyutorlar tanlovning keyingi bosqichida ishtirok etish uchun tegishli hujjatlarini Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga 20-avgust kuni soat 17:00 ga qadar topshirishlari so‘raladi.