E’lon!

📢 E’LON

60420100 – Yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 2026/2027 o‘quv yilida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga kirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkazilgan test sinovlarida qatnashib, to‘plagan ballari qabul kvotalari (parametrlari) chegarasiga yetmagan abituriyentlar uchun O‘zbekiston Milliy universiteti Kengashining tegishli qaroriga asosan amalda o‘rnatilgan to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan 8 barobar miqdorida oshirilgan (tabaqalashtirilgan) to‘lov-kontrakt miqdori belgilandi.

🎓 Kunduzgi ta’lim shakli

Kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha talabgorlar O‘zMU qabul komissiyasiga ariza bilan murojaat qilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining kontrakt.edu.uz axborot tizimi orqali to‘lov-kontrakt olgan holda joriy yilning 1-oktyabriga qadar shartnoma shartlarining kamida 50 foizi bajarilishi talab etiladi.

💻 Masofaviy ta’lim shakli

Masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha talabgorlar joriy yilning 1-oktyabriga qadar O‘zMU rasmiy saytidagi

https://qabul.nuu.uz/application/

manzili orqali ariza bilan murojaat qilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining kontrakt.edu.uz axborot tizimi orqali to‘lov-kontrakt olgan holda joriy yilning 1-oktyabriga qadar shartnoma shartlarining kamida 50 foizi bajarilishi talab etiladi.