Tojikiston elchixonasi

Tojikistonning Oʻzbekistondagi Favqulodda Va Muxtor Elchisi Abdujabbor Rahmonzoda Va Elchixona Ikkinchi Kotibi Zebuniso Sharifzoda Oʻzbekiston Milliy Universitetiga Tashrif Buyurdi.

Joriy yilning 12-yanvar kuni Tojikistonning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Abdujabbor Rahmonzoda va elchixona ikkinchi kotibi Zebuniso Sharifzoda Oʻzbekiston milliy universitetiga tashrif buyurdi.

Delegatsiyani Oʻzbekiston Milliy universiteti rektori Madjidov Inom Urishevich qabul qildilar.

Uchrashuv avvalida  oʻzbek va tojik xalqlarininsh qardoshlik va doʻstlik aloqalari borasida fikr yuritildi. Shuningdek, 2024-yilda Tojikiston oliygohlari oʻrtasida oʻqua va ilmiy sohada hamkorlik qilish, Tojikiston Fanlar akademiyasi bilan hamkorlik oʻrnatish kabi tpkliflar koʻrib chiqildi

Qolaversa kelgusida ikki davlat talaba-yoshlarining  xalqvro forumi, xalqaro olimpiadalar tashkil qilish, OʻzMU huzuridagi himoya kengashlari doirasidagi bir qator hamkorlik takliflari  muhokama etildi. Uchrashuv soʻngida tomonlar mazkur masalalarni qadamba qadam amalga oshirishga kelishib oldilar.