Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Akademik Vladimir Kvint O‘zbekiston Milliy universitetida ma’ruza o‘qidi

M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universiteti Moskva iqtisodiyot maktabi “Iqtisodiy va moliyaviy strategiyalar” kafedrasi mudiri, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Rossiya Fanlar akademiyasi xorijiy a’zosi Vladimir Lvovich Kvint O‘zbekiston Milliy universiteti tashrif buyurib, ma’ruza o‘qidi. 

“Strategiyalashning nazariy va uslubiy asoslari” mavzusida bo‘lib o‘tgan mazkur ma’ruzada universitet rahbariyati, fakultet dekanlari, mas’ul-xodimlar, professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi. 

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Milliy universitetida 2023-yilning oktyabrida “Davlat va korporativ strategiyalar” kafedrasi tashkil etilgan. Mazkur kafedra Vladimir Lvovich ilmiy rahbarligida faoliyat ko‘rsatadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev 2018-yilning 28-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatida iqtisodiyotni rivojlantirishga doir strategik vazifalarni ro‘yobga chiqarishga qodir malakali kadrlarni tayyorlash islohotlarning eng muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab berildi. Shuningdek, davlat boshqaruvi idoralarida strategik tahlil va prognozlashtirish tuzilmalarini tashkil etish lozimligiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuni inobatga olgan holda, O‘zbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakultetida “Strategik tahlil va prognozlashtirish” bo‘yicha bakalavrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Bu yo‘nalishda davlat, hududiy va xo‘jalik boshqaruv organlari, ishlab chiqarish birlashmalari va boshqa tahliliy markazlar uchun strategik tahlil qilish va strategik prognozlar, strategiya va konsepsiyalar, dasturlar, “yo‘l xaritalari” ishlab chiqish va monitoring qilish bo‘yicha yuqori bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, bugungi kunning talablaridan kelib chiqqan holda, yangi o‘quv yilidan boshlab “Strategik menejment” bo‘yicha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish mo‘ljallanmoqda.

O‘zMU Axborot xizmati