Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Amsterdam universiteti

Niderlandiyaning Amsterdam universiteti professori O‘zbekiston Milliy Universitetida

O‘zbekiston Milliy Universiteti Yevropaning ko‘plab universitetlari bilan hamkorlik olib boradi va rasmiy memorandumlar imzolangan. Niderlandiyaning Amsterdam universiteti ham ular safiga kiradi. Hamkorlik yuzasidan 2023-yil 13 oktabr kuni O‘zbekiston Milliy universitetiga Niderlandiyaning Amsterdam universiteti professori tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida ikki universitet o‘rtasida hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lamini kengaytirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar akademik mobilligi bo‘yicha almashinuvlarni ko‘paytirish, ilmiy kolloboratsiya loyixalar-qo‘shma maqolalar chiqarish bo‘yicha kelishildi.

Xalqaro bo‘limda professor bilan ilmiy yo‘nalishlarda hamkorlik qilish va yosh tadqiqotchilarga ilmiy maqolalar yozish, jurnallar tanlash va jurnal talablarini o‘rgatishga yo‘naltirilgan seminar-trening o‘tkazish bo‘yicha kelishib olindi.

Shuninngdek, 2024 yilda hamkorlikda xalqaro konferensiya o‘tkazish masalasida ham takliflar ko‘rib chiqildi.