Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

BIR ASRNING IKKI DAHOSI

O‘zbekiston Milliy universitetida ulug‘ mutafakkirlar, davlat arboblari Alisher Navoiyning 583 yilligi va Zahiriddin Muhammad Boburning 541 yilligi munosabati bilan “Bir asrning ikki dahosi” mavzusida adabiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Adabiy-badiy kechada O'zbek filologiyasi fakultetining iqtidorli talabalari tomonidan O'zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Alining “Alisher Navoiy va Husayn Boyqaro” asaridan sahna koʻrinishi ijro etildi. Shuningdek, Navoiy va Bobur ijodidan g'azal va ruboiylar o'zbek, fors-tojik, turkman va rus tillarida yangradi.

Tadbir davomida O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti hamda Yunus Rajabiy nomidagi Maqom ansambli xonandalari tomonidan milliy qo'shiqlarimiz ijro etildi.