Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Bugun, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi etib tasdiqlangan hamda davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan bir guruh rektor va professor-o‘qituvchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimiz ilm-fani nufuzini yanada oshirish, ilmiy-texnologik salohiyatini yuksaltirish, akademik ilm-fanning rolini kuchaytirishda katta hissa qo‘shgan, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zoligiga qabul qilingan hamda davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan bir qator oliy ta’lim muassasalari rektor va professor-o‘qituvchilari e’tirof etildi.

Quvonarlisi, Prezidentimiz Farmoniga asosan “Shuhrat” medaliga sazovor bo'lgan O‘zMU professorlari Shermuxamedova Niginaxon Arslonovna hamda Muxamedova Dilbar Gafurdjanovna vazirlik tomonidan taqdirlandi.