Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Duisburg Essen universiteti

Germaniyaning Duisburg Essen universiteti professori Oʻzbekiston Milliy Universitetiga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston Milliy Universiteti shu kungacha 11 ta Germaniya oliy ta’lim muassasalari bilan rasmiy tarzda hamkorlik memorandumlarini imzolagan bo‘lib, ushbu davlat universitetlari bilan ko‘plab ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilib kelingan. Ana shunday uchrashuvlardan biri 2023-yil 6-dekabr kuni Duisburg Essen universiteti Geografiya fakulteti professori Rudolf Juchelka Oʻzbekiston Milliy Universitetiga tashrif buyurgani bo‘ldi.

Professor Rudolf Juchelka Oʻzbekiston Milliy Universitetiga geografiya sohasida hamkorlik qilish va talabalarga maʼruza oʻqish uchun tashrif buyurdi.

Uchrashuvda geografiya va geo urbanistika yoʻnalishidagi hamkorlikni kengaytirish boʻyicha takliflar bildirldi. Shu bilan birga Ilm fanni rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston Milliy Universiteti professor-oʻqituvchilari bilan hamkorligda ilmiy loyihalarda ishtirok etish boʻyicha fikrlar bildirildi.

Uchrashuv yakunida ikki universitet oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha kelishib olindi.