Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

E’lon!

Hurmatli talabalar!
"Amir Temurga munosib avlodlarmiz” shiori ostida talaba-yoshlar o’rtasida sport musobaqasini e’lon qilamiz.
Mazkur musobaqa O'zMu Sport klubi, Yoshlar bilan ishlash ma'naviyat va ma'rifat bo'limi hamda universitet Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchisi U.To'xtayev tashabbusi bilan tashkil etilmoqda.
Musobaqa quyidagi sport turlari bo'yicha o'tkaziladi:

  • Stol tennis (Qizlar va yigitlar alohida);
  • Qo'lda kuch sinashish (armrestling);
  • Tosh ko'tarish;
  • Volleybol (Qizlar va yigitlar alohida).

Mazkur sport turlarida ishtirok etmoqchi bo'lgan talabalar hamda jamoalar universitet Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchisi U.To'xtayevga murojaat qilishingiz hamda Volleybol bo'yicha fakultet terma jamoasi ro'yxatini tasdiqlangan holda taqdim etishingiz so'raladi.
Musobaqa 12-16 aprel kunlari o’tkazilishi rejalashtirilgan.
Manzil: Universitet bosh binosi (Eski rektorat 322-xona)
Ro’yhatga olish oxirgi muddati: 11-aprel soat 15:00