The National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek is the first and leading higher education institution not only in Uzbekistan, but also in Central Asia: 15 faculties, 80 chairs, 16 joint education programs, The number of graduates is 200,000+

DIQQАT!<br>Oʼzbekiston Milliy universiteti radiosidan gapiramiz

Soat 8.30

-Аssalomu alaykum! Muhtaram tinglovchilar!

OʼzMU radiosi oʼz faoliyatini boshladi.

Talabalar shaharchasi. U yerda joylashgan respublikamizdagi yetakchi oliy oʼquv yurti hisoblanmish Oʼzbekiston Milliy universitetining “Talaba FM” radiosi bizga tanish soʼzlar bilan oʼz faoliyatini boshladi.

“Talaba FM” informatsion-koʼngilochar radiosi oʼz faoliyati davomida dolzarb va muhim xabarlar, intervьyu, ocherk, reportajlarni efirga berishni rejalashtirgan. Efir jurnalistika fakulьteti talabalari boshlovchiligida olib boriladi. OʼzMU jurnalistika fakultetidagi radio, televidenie yoʼnalishida tahsil olayotgan talabalarga amaliy mashgʼulotlar, darsdan keyingi fakulьtativ mashgʼulotlarni va soha sirlarini oʼrganish uchun bu OАV turi mahorat maktabi vazifasini oʼtaydi.

Radio orqali universitetning ijtimoiy-siyosiy hayoti tezkor va keng koʼlamda yoritib boriladi.

“Talaba FM” radiosi faoliyatini boshlash jarayonida universitet rahbariyatining qoʼllab-quvvatlashi bilan jurnalistika fakultetining sobiq bitiruvchi boshlovchi- jurnalistlari va bugungi kunda yuqori kursda oʼqib, darsdan boʼsh vaqtida amaliyotda faoliyat olib borayotgan jurnalistlar faollik koʼrsatishdi. Xususan, “Oʼzbekiston 24”, “Oriyat-Dono” radiolari bilan hamkorligida tayyorlanayotgan efir lavhalari tinglovchilarda katta qiziqish uygʼotmoqda.

Radiodasturlar davomida fakultetlar faoliyati, talabalar hayoti, oʼquv jarayoni, taʼlim sohasidagi islohotlar, yechimini kutayotgan muammolar va rejalar xususida kreativ yondoshuv asosidagi tahliliy chiqishlar rejalashtirilgan. Shu bilan birga talabalarning innovatsion gʼoyalari, ijod mahsullari ham efir orqali tinglovchilarga yetkaziladi.

Kelajakda radioefir vaqtini uzaytirish va dasturlar xilma-xilligi rejalashtirilgan.

“Talaba FM” radiosi faoliyatiga muvaffaqiyat tilaymiz!

OʼzMU Аxborot xizmati